Andijonda 96 ta qoidabuzarlik uchun jarimaga bir Matiz’ning puli to‘landi
Jami 42 mln so‘m jarima to‘lagan qarzdor qoidabuzarliklar o‘zi tomonidan emas, egaligida bo‘lgan avtomashinalar haydovchilari tomonidan sodir etilganini bildirgan.
Andijonda sodir etilgan 96 ta qoidabuzarlik uchun qarzdor fuqarodan 42 mln so‘m jarima undirilgan. Bu haqda Kun.uz’ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIB Andijon viloyati boshqarmasiga 2023 yil davomida yo‘llarda qoidabuzarlik sodir etib, jarimaga tortilgan shaxslardan ma’muriy jarimalarni undirish bilan bog‘liq 100 mingdan ziyod ijro hujjati kelib tushgan. Ijro harakatlari davomida 33 mlrd so‘m jarima pullari undirilgan.
Eng ko‘p jarimani fuqaro X.Sh. to‘lagan. Undan 96 ta qoidabuzarlik holati bo‘yicha 42 mln so‘m undirilgan. Ijro harakati davomida qarzdor ushbu ma’muriy jarimalar o‘zi tomonidan emas, egaligida bo‘lgan avtomashinalar haydovchilari tomonidan qoidabuzish holatlariga yo‘l qo‘yilganda qo‘llanganini bildirgan.
Oldinroq 76 ta qoidabuzarligi bo‘lgan namanganlik haydovchi 31 mln so‘m jarima to‘lagandi. U asosan tezlikni oshirish hamda yo‘l chiziqlarini bosish bilan bog‘liq qoidabuzarliklarni sodir qilgan.
Mavzuga oid
22:45 / 19.11.2024
Madaniy meros agentligi Andijondagi Bobur haykalini ko‘chirish bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi
10:40 / 19.11.2024
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024