Dunyodagi birinchi suvosti superyaxtasi Migaloo M5 taqdim etildi
Unda panoramali shisha devorlar, texnologik jihatdan ilg‘or kinoteatr, ikkita basseyn va jakuzi, 36 kishiga mo‘ljallangan hashamatli oshxona, vertolyot maydonchasi va garaj, ikkita maxsus suvosti kemasi va ikkita suvosti apparati mavjud.
Avstraliyaning Migaloo kompaniyasi hashamatli M5 suvosti superyaxtasini namoyish qildi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu dunyodagi birinchi shunday kema.
Kemaning uzunligi 166 metr, kengligi - 23 metr. Unda 20 nafar mehmon joylashadi va 40 nafar ekipaj a’zosi xizmat ko‘rsatadi.
Kema 15 ming km masofani bosib o‘tishga mo‘ljallangan, uning tezligi suv yuzasida 20 uzel, suv ostida 12 uzelga teng. Superyaxta 250 metrgacha chuqurlikka tushib, to‘rt haftagacha suv ostida qolishi mumkin.
Ichki makonga kelsak, ishlab chiqaruvchi mijozlar bilan maslahatlashishga va ularning har biri uchun uni noyob qilishga tayyor. Ammo potensial xaridorlar panoramali shisha devorlar, texnologik jihatdan ilg‘or kinoteatr, ikkita basseyn va jakuzi, 36 kishiga mo‘ljallangan hashamatli oshxonaga ega bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, superyaxtada vertolyot maydonchasi va garaj, ikkita maxsus suvosti kemasi va ikkita suvosti apparati mavjud.
Migaloo allaqachon M5 uchun oldindan buyurtmalarni ochgan va uni 2 milliard dollarga baholagan.
Mavzuga oid
18:15 / 21.11.2024
Avstraliyada 16 yoshdan kichkinalar ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanadi. Texnologik kompaniyalarga katta jarimalar tahdid solmoqda
18:59 / 11.11.2024
Imperator pingvini ilk bor Avstraliya sohillariga qadar suzib bordi
22:21 / 09.11.2024
Avstraliya plyajlarida ochlikdan qiynalgan minglab bo‘ronqushlar jasadi paydo bo‘ldi
23:05 / 07.11.2024