O‘zbekiston | 09:38 / 31.01.2024
6830
1 daqiqa o‘qiladi

Ohangaron tumanida xususiy ayerodrom quriladi

Xitoy bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihaning qurilish ishlari 2024 yilning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Xitoy bilan hamkorlikda ayerodrom quriladi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shenchjyen shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida Ohangaron tumanida xususiy ayerodrom qurish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Ayerodrom tumanning “Yangi hayot” MFY hududida yuz foiz Xitoy kapitali ishtirokida quriladi. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur xususiy ayerodromni qurish ishlari joriy yilning ikkinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 380 mln AQSh dollarini tashkil qiladi.

Oldinroq Xitoy O‘zbekistonda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq inshootlar qurishda qatnashishi mumkinligi xabar qilingandi.

Mavzuga oid