Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 fevraldan O‘zbekistonda ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi
Minimal iste’mol xarajatlarining oshirilishi ortidan qator pensiya va nafaqalar miqdorlari ham 621 ming so‘mga yetkazildi.
Prezident farmoni bilan ayrim hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritildi. Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi:
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 212 000 so‘m);
- boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Avvalroq, 2024 yil uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 621 ming so‘m etib belgilangani xabar qilingandi. Yuqoridagi pensiya miqdorlari rasmiy eng kam iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib oshirilgan.
Mavzuga oid
16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi
23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi
21:19 / 29.12.2024