Xususiy maktablar ochishni rag‘batlantiruvchi choralar belgilandi
Har yili 1 maygacha xususiy maktab qurish uchun yer uchastkalari auksionga chiqariladi. 2025–2030 yillarda yangi qurilgan xususiy maktablardagi kommunal xarajatlarning 50 foizini davlat qoplab beradi.

Foto: Kun.uz
«Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvardan:
- nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi;
- nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
- 2030 yil 1 yanvargacha yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.
Shuningdek yangi nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va binolar qurish uchun joylardagi hokimliklar tomonidan har yili:
- 1 martgacha maqbul yer uchastkalari aniqlanadi;
- 1 aprelgacha respublika bo‘yicha umumiy maydoni 50 gektar yer uchastkasidan kam bo‘lmagan manzilli ro‘yxat tasdiqlash uchun hukumatga kiritiladi;
- 1 maygacha tasdiqlangan manzilli ro‘yxatga asosan yer uchastkalari «E-auksion» savdolariga mulk yoki ijara huquqi asosida chiqariladi.
Bunda, auksion savdolarida 3 oydan ortiq muddat sotilmay turgan yer uchastkalari savdodan yechilmasdan boshlang‘ich narxini qadamma-qadam 50 foizgacha pasaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, takroriy auksion savdolariga chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

12:21 / 02.04.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari joriy etiladi

17:32 / 04.03.2025
Eksklyuziv huquq berilgan sub’yektlar ro‘yxati ochiqlanadi

18:47 / 04.12.2024
Dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy, yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofotlar ta’sis etiladi

21:53 / 26.09.2024