Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqdagi dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda harakat bir tomonlama tashkil etiladi
Yaqinlashayotgan dam olish kunlarida Bo‘stonliqning tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi inobatga olinib, harakat xavfsizligini ta’minlash, tirbandliklarning oldini olish maqsadida yo‘lning ma’lum qismida harakat bir tomonlama tashkil etiladi.
3–4 fevral kunlari Bo‘stonliq tumani tog‘li hududlaridagi dam olish maskanlariga olib boruvchi ayrim yo‘llarda harakat bir tomonlama tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda joylashgan Amirsoy, Beldersoy, Chimyon kabi dam olish maskanlarida shanba-yakshanba kunlari fuqarolar tashrifi odatdagidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda. Shuni inobatga olgan holda yuqorida sanalgan dam olish maskanlariga olib boruvchi yo‘lda YTH va tirbandliklarning oldini olish, harakat xavfsizligini ishonchli ta’minlash maqsad qilingan.
Rejaga ko‘ra, 4R6 Toshkent–Chirchiq–Chimyon avtomobil yo‘lining 57-kilometridan boshlab mazkur yo‘lning 92-kilometrigacha, ya’ni 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha transport vositalarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi.
Harakat bir tomonlama tashkil etilgan yo‘lning boshida 5.5 (bir tomonlama harakatli yo‘l) va uning oxirida 5.6 (bir tomonlama harakatli yo‘lning oxiri) axborot ko‘rsatkich yo‘l belgilari, shuningdek, harakatlanib kirish taqiqlangan qismida 3.1 (kirish taqiqlangan) yo‘l belgisi o‘rnatiladi.


Toshkent shahri tomonidan 4R12 avtomobil yo‘li yoki Chirchiq shahri tomondan kelinsa, deylik, Amirsoyga chiqish uchun 4R12 va 4R6 avtomobil yo‘llari kesishgan joydan 4R6 yo‘liga, ya’ni G‘alvasoy mahallasi tomonga burilish kerak.
Yo‘l bo‘ylab ketaverishda 4R10 avtomobil yo‘li tutashgan qismiga, ya’ni Yusufxona chorrahasiga yetib boriladi. U yerda bir tomonlama harakat tugaydi. Chorrahadan 4R10 yo‘liga burilib, dam olish maskanlaridan ortga qaytish mumkin.
Mavzuga oid
14:18 / 14.02.2025
Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
11:52 / 23.01.2025
Toshkent–Xo‘jakent temiryo‘li Chinorkentgacha uzaytirildi
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
09:13 / 27.09.2024