Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Minimal iste’mol xarajatlari miqdorining o‘zgarishi ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalarga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
2024 yil 1 fevraldan qariyb 195 ming nafar fuqaroning nafaqalari oshirildi.
Foto: Kun.uz
2023 yil inflatsiya darajasidan kelib chiqib, 2024 yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 621 ming so‘m etib belgilangandi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi MIX miqdorining o‘zgarishi ijtimoiy to‘lovlar va nafaqalar miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatganini tahlil qilib chiqdi.
2024 yil 1 fevraldan boshlab quyidagi nafaqalar miqdori 608 ming so‘mdan 621 ming so‘mga oshirilgan:
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarning yoshga doir nafaqalari (74,9 ming nafar);
- boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa oluvchilarning nafaqalari (51,2 ming nafar);
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakilning (68,4 ming nafar) parvarishlash nafaqalari.
Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi ayollarga to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqasining davlat budjetidan qoplanadigan miqdori ham 2 mln 272 ming so‘mdan 2 mln 484 ming so‘mga oshiriladi.
Shuningdek, minimal iste’mol xarajatlari miqdorining oshirilishi natijasida «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali qo‘shimcha 63 ming nafar kam ta’minlangan oilaga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanishi kutilmoqda.
Minimal iste’mol xarajatlari qiymatining qayta ko‘rib chiqilishi natijasida joriy yil yakuniga qadar 216 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, parvarishlash hamda ayollarga to‘lanadigan homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash uchun fuqarolarning murojaati talab etilmaydi.
Mavzuga oid
21:19 / 29.12.2024
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish uchun yolg‘iz odamlarga ko‘mak dasturini ishga tushirdi
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
20:56 / 20.10.2024