O‘zbekiston | 12:42 / 02.02.2024
14433
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda kanal qirg‘og‘ini rekonstruksiya qilish vaqtida 150 ta daraxt qo‘porib tashlandi

Daraxtlar kesilishi natijasida o‘simlik dunyosiga 1 milliard 165 million 350 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi

Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi tomonidan Kasbi tumanida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Reyd davomida To‘palang HPD Holding MChJ mas’ullari tomonidan Denov—Novqat kanalini rekonstruksiya qilish jarayonida kanal qirg‘og‘iga ekilgan jami 150 ta daraxt ildizi bilan qo‘porilgani aniqlangan. Bu bilan «Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon talablari buzilgan.

Daraxtlarni kesish yoki ko‘chirib o‘tqazish bo‘yicha amaldagi tartiblarga rioya etilmagan va murojaat qilinmagan.

Daraxtlar kesilishi natijasida o‘simlik dunyosiga 1 milliard 165 million 350 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyati ekologiya boshqarmasi

Hujjatlar yetkazilgan zararni undirish hamda aybdorlarga qonuniy chora ko‘rish maqsadida Qashqadaryo viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid