Hindistonda josuslikda gumon qilingan kaptar ozod qilindi
Uning oyoqlariga xitoycha iyerogliflar yozilgan ikkita halqa bog‘langani aniqlangan edi.
Hindiston politsiyasi josuslikda gumon qilingan kaptarni 8 oylik hibsdan so‘ng qo‘yib yubordi, deb xabar berdi Apnews.
Kaptar 2023 yil may oyida Mumbay porti yaqinida ushlandi. Uning oyoqlariga xitoycha iyerogliflar yozilgan ikkita halqa bog‘langani aniqlandi.
Politsiya qushni josuslikda gumon qildi va Mumbaydagi hayvonlar shifoxonasiga joylashtirdi.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, kaptarning josuslikka aloqasi yo‘q edi. U Tayvanda o‘tkazilgan kaptarlar poygasi ishtirokchisi bo‘lgan. Poyga vaqtida boshqa yo‘nalishda uchib, Hindistonga kelib qolgan.
Shundan so‘ng, politsiya ruxsati bilan qush Bombeydagi hayvonlarga nisbatan shafqatsizlikning oldini olish jamiyatiga topshirilgan. Shifokorlar uni 31 yanvar kuni qo‘yib yuborishgan.
Hindistonda qushning politsiya tomonidan shubha ostiga olinishi birinchi marta yuz berayotgani yo‘q.
2020 yilda Hindiston nazoratidagi Kashmir politsiyasi pokistonlik baliqchiga tegishli kaptarni qo‘yib yubordi. Yadro quroliga ega davlatlar o‘rtasidagi kuchaytirilgan chegaradan uchib o‘tgan qush josus emasligi aniqlandi.
2016 yilda yana bir kaptar hibsga olindi. Uning oyoqlarida Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga nisbatan tahdidli yozuv bo‘lgan qog‘oz topilgan edi.
Mavzuga oid
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
20:58 / 19.11.2024
Putin Hindistonga boradi
16:43 / 17.11.2024
Hindiston birinchi gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
16:50 / 16.11.2024