Jahon | 09:43 / 03.02.2024
14205
2 daqiqa o‘qiladi

NASA Somon yo‘lidan tashqarida joylashgan 19 ta spiral galaktika suratini e’lon qildi

James Webb Space teleskopi yordamida olingan tasvirlar yulduzlar shakllanishi, galaktika tuzilishi haqida ma’lumot beradi. Tasvirlardagi spiral galaktikalar Yerdan millionlab yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.

Foto: NASA

NASA'ning James Webb Space teleskopi tomonidan e’lon qilingan 19 ta spiral galaktika surati o‘ziga xos go‘zallik va ahamiyatga ega. Sababi bu to‘plam Somon yo‘liga yaqin joylashgan 19 ta galaktikani tafsilotlari bilan namoyish qiladi, yulduzlar shakllanishi, galaktika tuzilishi va uning shakllanishiga oid yangi ma’lumotlar bera oladi.

Suratlar bir necha kun oldin ommaga e’lon qilindi.

Suratdagi galaktikalar Yerdan millionlab yorug‘lik yo‘li uzoqligida joylashgan. Tasvirlarda bizning Somon yo‘li galaktikamizdan tashqarida joylashgan milliardlab yulduzlar aks etgan bo‘lishi mumkin.

Ba’zi yulduzlar sariq tuman ichida, yana ba’zilari pushti va qizil tuman ichidaga o‘xshab ko‘rinadi. Va tasvirda qora tuynukni eslatadigan ko‘rinish ham bor.

Yevropa kosmik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu suratlar galaktikalar markazdan uzoqlashganda ichkaridan tashqariga o‘sib borishi haqidagi oldingi kuzatuvlarni tasdiqlaydi.

NGC 628 deb nomlanuvchi spiral galaktikalaridan biri Yerdan taxminan 32 mln yorug‘lik yili uzoqligida joylashgan. Bir yorug‘lik yili yorug‘likning 365 kunda bosib o‘tadigan masofasi — 9,7 trln kilometrga teng.

NGC 628 galaktikasining yadrosida ko‘k yorug‘lik mavjud bo‘lib, ular eski yulduzlarni anglatadi, yoshroq yulduzlar esa spiral chiziqlarda joylashgan.

Tasvirlarni olgan James Webb Space teleskopi 2021 yilda tashkil etilgan va 2022 yildan ma’lumotlar yig‘ishni boshlagan. Bu teleskop kosmosda faoliyat yuritadigan eng qudratli observatoriya hisoblanadi. NASA bu teleskopning rejadagidek 10 yil, balki undan keyin ham o‘nlab yillab xizmat qilib berishiga ishonadi.

Mavzuga oid