Sport | 23:35 / 03.02.2024
34643
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo kubogi-2023. O‘zbekiston Qatarga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnir bilan xayrlashdi

Osiyo kubogi-2023 chorakfinali doirasidagi so‘nggi o‘yinda O‘zbekiston milliy jamoasi amaldagi chempion va mezbon Qatarga qarshi maydonga tushdi.

Foto: Tribuna.uz

«Al-Bayt» stadionida 60 mingdan ortiq tomoshabin qarshisida o‘tgan qarama-qarshilikning birinchi bo‘limida vakillarimiz o‘yin jihatdan raqibdan qolishmagan bo‘lsa-da, 27-daqiqada jamoamiz darvozaboni O‘tkir Yusupov to‘pni qaytarishda avtogolga sabab bo‘ldi va mezbonlar tanaffusga hisobdagi ustunlik bilan chiqishdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda Srechko Katanets shogirdlari bahsni hujumkor boshlashdi va 59-daqiqada Odiljon Hamrobekovning jarima maydoni ichiga kirib, yo‘llagan zarbasi hisobning tenglashishiga sabab bo‘ldi – 1:1.

Qo‘shimcha bo‘limlar bilan 120+3-daqiqalik o‘yinda kuchlar teng kelgach, bosh hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Lotoreyada esa omad Qatarga kulib boqdi. Rustam Ashurmatov, Zafarmurod Abdurahmatov va Jaloliddin Masharipovning zarbasini raqib posboni qaytarib qoldi.

Shu tariqa, Qatar yarimfinalda Eronga qarshi maydonga tushadigan bo‘ldi.

Osiyo kubogi-2023. Chorakfinal 
Qatar – O‘zbekiston – 1:1. Penaltilar seriyasi: 3:2

Bosh hakam: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
Gollar: O‘tkir Yusupov 27, avtogol – Odil Hamrobekov 59.
Qatar: 22. Mashal Barsham, 2. Pedro Korrea, 3. Al Mahdi Ali, 4. Muhammad Va’d Al Bayati, 12. Lukas Mendes, 5. Tariq Salmon, 10. Hasan Al Haydos (Xolid Mazi, 54), 11. Akrom Afif, 19. Almuyez Ali, 20. Ahmad Fathi, 24. Jassim Jobir (6.Abdul Aziz Xatim, 80).
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 4. Farrux Sayfiyev (Zafarmurod Abdurahmatov, 99), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 11. Oston O‘runov (Shahboz Umarov, 74), 15. Umar Eshmurodov, 19. Azizbek Turg‘unboyev (Muhammadqodir Hamraliyev, 105), 22. Abbosbek Fayzullayev (Hojimat Erkinov, 114), 18. Abdulla Abdullayev.
Ogohlantirish: Mashal Barsham 47 – Otabek Shukurov 69, Srechko Katanets 79.

Mavzuga oid