Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Bog‘cha ochgan 1,5 mingdan ortiq tadbirkor noqonuniy harakatlar sodir etgan” – Maktabgacha ta’lim agentligi
DXSh asosida bog‘cha ochgan 1,5 mingdan ziyod tadbirkor davlat budjeti mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirishga uringan. Maktabgacha ta’lim agentligi bu boradagi ma’lumotlarni huquq-tartibot organlariga taqdim etgan.
Ayni vaqt O‘zbekistonda mamlakatda 27 mingdan ortiq nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, 2023 yil hisobida ularga 2,7 trln so‘m miqdorida davlat budjetidan mablag‘ ajratilgan. Shundan 1,5 mingdan ziyod DXSh asosidagi bog‘chalarda pulni noqonuniy o‘zlashtirishga urinishlar aniqlangan.
Maktabgacha va maktab ta’limi agentligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayevaning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, noqonuniy harakatlar asosan nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish axborot tizimi (NMTTBAT) bilan bog‘liq holatlarda amalga oshirilgan.
2023 yil 27 dekabr holatiga ko‘ra, 734 ta DXSh asosidagi MTTlar tomonidan bir bolaning ma’lumotlari axborot tizimiga kiritilib, uning fotosurati o‘rniga boshqa bolaning fotosurati asosida davomati belgilanib kelgan. Natijada ularga nisbatan 8,8 mlrd so‘m subsidiya to‘lovlari uch oyga to‘xtatilgan.
Bu vaqt davomida 895 ta, jumladan, oilaviy MTTlar tomonidan vositachilar yordamida kompyuterlarda virtual mobil qurilmani yaratish orqali haqiqatda bog‘chaga kelmagan tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomati soxtalashtirilib, tizimga yuborilgan. Shundan kelib chiqib, ularga ogohlantirish xatlari yuborilgan hamda 8,9 mlrd so‘m asoslanmagan subsidiya to‘lovlarining moliyalashtirilishi oldi olingan.
Agentlikka ko‘ra, ayni vaqt bu ma’lumotlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Mavzuga oid
15:47 / 04.03.2025
Toshkent viloyatidagi bog‘cha xodimi bolalarni gimnastika tayoqchasi bilan urdi
20:43 / 28.06.2024
Buxorodagi bog‘chada bolalardan birining otasi boshqa bolaga jarohat yetkazdi
15:26 / 22.06.2024
Jizzaxdagi bog‘chada bolalarni oyoq kiyim bilan urgan tarbiyachiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:06 / 07.06.2024