Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahzoda Uilyam saraton kasalligiga chalingan Charlz III vazifalarini zimmasiga oladi
Bu asosan qirolning ijtimoiy faoliyatiga ta’sir qiladi, Charlz III konstitutsiyaviy vazifalarini bajarishda davom etadi.
Buyuk Britaniya taxti vorisi, Uels shahzodasi Uilyam saraton kasalligiga chalingan otasi, qirol Charlz III ayrim vazifalarini o‘z zimmasiga oladi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Bu asosan qirolning ijtimoiy faoliyatiga ta’sir qiladi, Charlz III konstitutsiyaviy vazifalarini bajarishda davom etadi. Shuningdek, u bosh vazir Rishi Sunak bilan an’anaviy uchrashuvlarni to‘xtatmaydi. Ammo ular masofadan turib o‘tkazilishi mumkin.
Charlz III muhim hukumat hujjatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishda davom etadi. Shuningdek, u odatda har oyda bir marta bo‘lib o‘tadigan Maxfiylik kengashi yig‘ilishlarida qatnashishi kutilmoqda.
Yaqin oylarda qirol va qirolichaning xorijiy tashriflari rejasiga o‘zgartirish kiritilgani haqida xabar berilmadi. Ular may oyida Kanadaga, so‘ngra oktyabr oyida Avstraliya, Yangi Zelandiya va Samoaga Hamdo‘stlik Hukumat rahbarlari yig‘ilishiga borishni rejalashtirgan.
Avvalroq, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalingani haqida xabar berildi. Bakinghem saroyi ma’lumotlariga ko‘ra, 75 yoshli monarxda kasallik prostata bezining kengayishi bilan bog‘liq muolajalar vaqtida aniqlangan.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025