O‘zbekiston | 16:58 / 07.02.2024
11711
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Uzum Market onlayn xarid qilish uchun ko‘proq tanlanayotgan servisga aylandi

RGCA tadqiqotiga ko‘ra, Uzum Market nafaqat onlayn xarid qilish servislari orasida mashhur brendga aylandi, balki so‘nggi yillarning yetakchilari — Telegram va Instagramʼni foydalanish chastotasi bo‘yicha ham ortda qoldirdi.

Foto: Uzum Market

RGCA tadqiqotida 800 dan ortiq o‘zbekistonlik ishtirok etdi va tanlama butun mamlakat aholisini aks ettiradigan holda tuzilgan.

Shunday qilib, so‘ralganlarning 98 foizi Uzum Marketʼni onlayn xarid qilish servislari orasida tanladi, Olxʼni aytganlar esa 69 foizini tashkil etdi va yetakchi uchlikni 65 foiz ishtirokchilar esga olgan Telegram yopdi. Shuningdek, ro‘yxatda Instagram (60%), Texnomart (43%) va Aliexpress (40%) ham bor edi. Xarid qilish uchun eng ko‘p ishlatiladigan servislar reytingida birinchi uchlikni Telegram (14%) va Instagram (10%) dan katta farq bilan Uzum Market (53%) boshladi.

Shu bilan birga, milliy marketpleysni 18-24 yoshdagi erkaklar eng faol ravishda o‘zlashtirmoqda — ushbu toifadagi respondentlarning har biri so‘nggi oyda Uzum Marketʼda xarid qilgan. Eng faol onlayn xaridorlar esa Samarqand, Buxoro va Namangan shaharlarida yashaydiganlar bo‘lib chiqdi — ushbu shaharlardan so‘ralganlarning 10 tasidan 6 nafari Uzum Marketʼda buyurtma bergan.

«Biz onlayn xarid qilish uchun ixtisoslashgan servislarning mashhurligi oshib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Buyurtma tarqatish punktlarining keng tarmog‘i mavjudligi yetkazib berish tezligi bilan bir qatorda o‘zbekistonliklarning xarid qilish platformasini tanlashda ahamiyatga ega asosiy omillardan biriga aylandi — bu yerda ham Telegram, ham Instagram do‘konlari Uzum Market va uning ulkan logistika infratuzilmasidan ortda qolmoqda. Aytish joizki, narxlarni taqqoslash va biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, mahsulotni qaytarib berish imkoniyati o‘z-o‘zidan onlayn xarid qilish oldidagi to‘siqlarni yengib o‘tishga yordam beradi va ilgari mahsulotlarga onlayn buyurtma berishdan qochgan auditoriyani jalb qiladi, — deydi RGCA rahbari Vyacheslav Karpov. — Bu yerda sarafan radiosi ham muhim rol o‘ynaydi — so‘rovda qatnashgan 10 kishidan 7 nafari Uzum Marketʼni oila va do‘stlariga tavsiya etishga tayyor, Telegram-shopingda esa bu ko‘rsatkich atigi 27 foizni tashkil etdi».

Kompaniya haqida: Research Group Central Asia 2022 yil boshida iste’molchi tadqiqotlari bozorida to‘liq xizmat ko‘rsatuvchi agentlik sifatida tashkil etilgan. RGCA — bu birinchi navbatda, tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardir. Kompaniya miqdoriy va sifatli tadqiqotlarning to‘liq spektrini olib boradi, IPSOS xalqaro operatorining rasmiy akkreditatsiyadan o‘tgan agentligi, shuningdek «Romir» tadqiqot xoldingining lisenziati hisoblanadi.

Mavzuga oid