Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda piyodalarga xalal berayotgan noqonuniy qurilmalarni demontaj qilish boshlanmoqda
Poytaxt hokimligi bundan ko‘zlangan maqsad joylarda piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘llarning qulayligini ta’minlash ekanligini bildirdi.
Toshkent shahrida noqonuniy qurilma va inshootlar demontaj qilinmoqda. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joylarda piyodalar uchun mo‘ljallangan yo‘llarning qulayligi tahlil qilingan.
“E’tiborni tartibsiz, yagona uslubsiz va ko‘p hollarda tegishli shahar xizmatlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalarsiz qurilgan binolar tortdi. Yo‘llar bo‘ylab joylashgan bu binolar aholi uchun xavf tug‘diradi, masalan, ularning aksariyatida to‘xtash joylari va yo‘laklari yo‘q, ular piyodalar yo‘laklariga chiqib ketgan tarzda tashkil etilgan. Shunday qilib, haydovchining bir daqiqalik xarid qilish jarayoni boshqa haydovchilar uchun ham, piyodalar uchun ham sezilarli noqulaylik va xavf tug‘diradi, deyiladi hokimlik xabarida.
Qayd etilishicha, ayni paytda tahlil natijalari asosida tegishli shahar xizmatlari tomonidan noqonuniy qurilma va inshootlarni demontaj qilish ishlari boshlanmoqda.
Hokimlik Toshkent shahri hududida maishiy va tijorat binolariga ega bo‘lgan poytaxt aholisini hujjatlarning shaharsozlik me’yorlariga muvofiqligini yana bir bor sinchiklab tekshirishga, ushbu turdagi ko‘chmas mulkni xarid qilishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.
Mavzuga oid
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
12:30 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
10:48 / 26.02.2025