Iqtisodiyot | 12:27 / 08.02.2024
13263
2 daqiqa o‘qiladi

2023 yilda Uzcard va Humo orqali pul o‘tkazmalari hajmi 56 foizga oshdi

O‘tgan yil davomida milliy to‘lov tizimlari bo‘lgan Uzcard va Humo orqali amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari 224,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga yoki 56 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz

2023 yilda tezkor to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni 2022 yilga nisbatan 78 foizga, hajmi 35 foizga oshib, mos ravishda 31,4 mlntani va 603,8 trln so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

2023 yil davomida Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali amalga oshirilgan to‘lovlarning 49,6 foizi UzAuto Motors, 13,3 foizi g‘aznachilik, 5,8 foizi jismoniy shaxslardan undirilgan soliqlar va yig‘imlar, 5,7 foizi Majburiy ijro byurosi uchun amalga oshirilgan.

O‘tgan yil davomida Uzcard va Humo to‘lov tizimlari orqali amalga oshirilgan kartadan kartaga pul (P2P) o‘tkazmalari 224,3 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 80,8 trln so‘mga yoki 56 foizga ko‘p.  

2023 yildagi P2P to‘lovlarining 65,7 foizi Uzcard va 34,3 foizi Humo hissasiga to‘g‘ri kelib, 2022 yilda to‘lov tizimlarining ulushi mos ravishda 68,3 foiz va 31,7 foiz bo‘lgan.

Shuningdek, 2023 yilda QR-online axborot tizimi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga taqdim qilingan QR kodlar soni 2022 yilga nisbatan 3 mingtaga ortib, 100,7 ming donaga yetgan va tranzaksiyalar summasi qariyb 2,5 barobarga ortib, 137 mlrd so‘mdan 337 mlrd so‘mgacha oshgan. 

Mavzuga oid