Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ADM Jizzakh'ning yil natijalari: raqobat kuchayib borayotgan sharoitlarda avtomobillar sotilishining uch baravariga o‘sishi!
ADM Jizzakh oshib borayotgan raqobatga qaramay, sezilarli o‘sishni ko‘rsatib, yana bir yilni muvaffaqiyatli yakunladi. 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar kompaniyaga bozordagi o‘z mavqeini mustahkamlashga va kelajakdagi rivojlanish uchun poydevor yaratishga imkon yaratdi.
Ilk qadamlardan biri Kia Bongo yuk avtomobillari uchun yangi yig‘ish liniyasini ishga tushirilishi, shuningdek, 2 smenali ish rejimiga o‘tilish bo‘ldi. Bu yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, kunlik ishlab chiqarish hajmini rekord darajadagi 150 ta avtomobilgacha oshirish imkonini berdi.
Rivojlanishning muhim bosqichi, yangi shartnomalarning, jumladan, portfelida HAVAL brendi bo‘lgan Great Wall Motor bilan hamkorlikning imzolanishi bo‘ldi. Shu tariqa ADM Jizzakh, o‘z mavqeini yanada mustahkamlab, hozirgi kunda Kia, Chery, LADA, Renault brendlari, endi esa HAVAL brendining ham rasmiy hamkori sifatida faoliyat yuritmoqda. Ushbu hamkorlik, taklif etilayotgan avtomobillar assortimentini kengaytiribgina qolmay, balki xalqaro brendlar tomonidan kompaniyaga bildirilayotgan ishonchni ham ta’kidlamoqda.
2023 yilda Chery va Kia brendlarining yangi modellarini yig‘ish boshlandi. Yil yakuniga ko‘ra, bu kompaniyaga 25 mingta avtomobil ishlab chiqarish to‘g‘risida hisobot berish va mamlakat avtomobil bozoridagi asosiy o‘yinchilardan biri sifatidagi maqomini tasdiqlash imkonini yaratdi. Kuchayib borayotgan raqobatga qaramay, sotuvlarning hajmi uch baravariga ortishiga erishildi.
Kompaniyaning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tiborga loyiq: faoliyat boshlaganidan beri davlat budjetiga to‘lovlar 1,4 trln so‘mni tashkil etadi
Xulosa qilib aytsak, brendning 2024 yil uchun mo‘ljallangan rejalari ilgarigilaridan ham yuksak, chunki tez orada ADM Jizzakh zavodida mahalliylashtirilgan Kia’ning ilk modeli taqdim etiladi. Bu kompaniyaning mamlakat avtomobil bozorini rivojlantirishdagi muhim rolining yaqqol namoyishi bo‘ladi.
Telefon: (+998) 71−202−69−99.
Instagram: @admjizzakh | Youtube: ADMJizzakh
Mavzuga oid
19:00 / 29.10.2024
ADM Jizzakh va Birinchi Rezinotexnika Zavodi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi
20:00 / 27.07.2024
Bojlarni qaytarish taklifi, yangilanadigan parlament va ikkichi abituriyentlar - hafta dayjesti
15:38 / 26.07.2024
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biri elektromobillar importi uchun bojlarni qayta tiklashni taklif qildi
16:20 / 24.06.2024