Mirziyoyev va Lukashenko birgalikda Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi
7 fevral kuni, Lukashenkoning Toshkentga tashrifi vaqtida ikki mamlakat rahbarlari birgalikda ozarboyjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan qo‘ng‘iroqlashdi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Ilhom Aliyevni Ozarboyjon prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo‘lganini qayd etib, qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarboyjon uchun ovoz berib, to‘g‘ri qaror qabul qilganiga ishonch bildirgan.
“Suhbatda O‘zbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qo‘shma Investitsiya kompaniyasi o‘z ishini boshladi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda.
Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi”, – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
O‘z navbatida, Lukashenko uning mamlakati Ozarboyjon uchun ishonchli do‘st ekani, ikki mamlakat adolatli va teng huquqli davlatlararo munosabatlarni qurish, xavfsizlikni mustahkamlash, muloqot va ishonch borasida bir xil yondashuvlarga ega ekanini ta’kidlagan.
Ozarboyjon prezidentligiga muddatidan ilgari saylov 7 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasiga ko‘ra, Ilhom Aliyev 92,05 foiz ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.
62 yoshli siyosatchi – 1993–2003 yillarda Ozarboyjon prezidenti bo‘lgan Haydar Aliyevning o‘g‘li. U 2003 yildan buyon mamlakatni boshqarib kelmoqda. Kechagi saylovda Ozarboyjon tomonidan o‘z nazoratiga qaytarilgan Qorabog‘da ham saylov uchastkalari ish olib bordi.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
20:52 / 20.11.2024
Lukashenko yana 32 nafar siyosiy mahbusni afv etdi
01:38 / 19.11.2024
Lukashenko 21 nafar sobiq kuchishlatar tizimlar vakillarini unvonidan mahrum qildi
20:18 / 16.11.2024