Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tez yordam xizmatining 3 ta filialiga 30 ta Volkswagen Caddy topshirildi
Bu bilan tizimdagi Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari soni 800 dan oshgan.
Respublika tez tibbiy yordam markazining Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyati hududlaridagi filiallariga 30 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinasi yetkazib berilgan. Natijada tizimdagi bunday tez tibbiy yordam mashinalari soni 800 dan oshagan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil yanvar-fevral oylarida Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparki O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 227 ta Volkswagen Caddy avtomashinalari bilan boyigan.
Shuningdek, o‘tgan yil avgust oyida 50 ta, sentabr oyida 100 ta, oktyabr oyida 100 ta, noyabr oyida esa yana 108 ta ana shunday avtoulovlarning yangi partiyasi ehtiyojga qarab Respublika tez tibbiy yordam markazining hududiy filiallariga taqdim etilgan.
Rejaga ko‘ra, joriy yil mart oyigacha yana 170 ta Volkswagen Caddy tez tibbiy yordam mashinalari hududlarga topshiriladi.
Mavzuga oid
13:41 / 27.05.2025
Sog‘liqni saqlash sohasining yangi modeli qanday joriy etiladi?
13:51 / 23.05.2025
Tibbiyot birlashmalari negizida sog‘liqni saqlash bo‘limlari tashkil etiladi
11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi
10:18 / 22.05.2025