Jamiyat | 23:11 / 08.02.2024
25468
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l harakati qoidasini 174 marta buzgan haydovchiga chora ko‘rildi

Uning avtomobili auksionda sotib yuborilishi mumkin. 

Toshkentda yo‘l harakati qoidasini 174 marta buzgan haydovchiga qarshi chora ko‘rildi. 

Qayd qilinishicha, uning 1 yil davomida to‘lanmagan ma’muriy jarimalari miqdori qariyb 59 million so‘mga yaqinlashgan. Shu sababli, MIB Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan avtomobili xatlanib, jarima maydonchasiga joylangan. 

Qonunchilikka asosan qarzdorga o‘z qarzini to‘lashi uchun muxlat berilgan. Ta’kidlanishicha, agar qarz to‘lanmasa, uning avtomobili auksion savdosiga chiqariladi va sotib yuboriladi. Tushgan mablag‘lar qarzini qoplash uchun sarflanadi.

 

Mavzuga oid