O‘zbekiston | 15:22 / 09.02.2024
9551
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Boshqarmaning sobiq boshlig‘i Farhod Dehqonov poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar to‘xtamayotgani ortidan bir oyga ishdan chetlashtirib, boshqarmaning ayrim vakolatlari vazirlikka o‘tkazilgandi.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi

Rasulov Akmal Asqarovich Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Tayinlov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra amalga oshirilgan.

Akmal Rasulov tayinlovga qadar Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida faoliyat olib borgan.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi sobiq boshlig‘i poytaxtda moratoriyga qaramay daraxtkesarliklar to‘xtamayotgani ortidan 2023 yilning 30 dekabridan 2024 yilning 1 fevraligacha bir oyga ishdan chetlashtirib, uning oxirgi 2 yildagi faoliyati bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangandi. Boshqarmaning daraxt kesish yoki ko‘chirib o‘tqazishga ruxsatnoma berish vakolatlari esa vaqtincha vazirlikning o‘ziga o‘tkazilgan.

Tekshiruv davomida Toshkent shahar ekologiya boshqarmasining barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, xodimlarining faoliyati hamda 2021–2023 yillar davomida boshqarma tomonidan davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi va asoslari o‘rganilishi aytilgan edi.

Mavzuga oid