Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga «Ogohlantirish xati» yuboriladi
Farzandining maktabga borishiga befarq bo‘lgan ota-onalar MJtKning 47-moddasiga asosan jarimaga tortiladi.
Endi dars qoldirayotgan o‘quvchilarning xonadoniga “Ogohlantirish xati” yetkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Milliy gvardiya hamkorligida maxsus Ishchi guruh tuzilgan hamda bu borada kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar rejasi tuzib chiqilgan.
Ma’lum qilinishicha, respublikadagi barcha maktablarga ota-onalarga yuboriladigan “Ogohlantirish xati” namunalari yetkazilgan bo‘lib, bu orqali darsda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar oila a’zolarining mas’uliyati va javobgarligi ham oshiriladi.
Endilikda maktab mas’ullari tomonidan shu namunadagi “Ogohlantirish xati” tezkor ravishda o‘quvchilarning yashash manzillariga yetkaziladi.
“Ogohlantirish xati”da ota-onalar o‘z farzandlarining maktabga borishini ta’minlash mas’uliyatini oshirish maqsadida MJtK 47-moddasi mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tilgan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun har bir maktabga Milliy gvardiya ofitserlari biriktirilgan.
Qayd etilishicha, haftada kamida bir marta Milliy gvardiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vakillari ishtirokida bolalarning ma’naviyati, tarbiyasi va davomati bo‘yicha ota-onalar bilan uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy etilmoqda.
Ma’lumot uchun, statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili voyaga yetmaganlar tomonidan 3,5 mingta jinoyat sodir etilgan. Shundan 2 ming 280 nafarini maktab o‘quvchilari sodir etgan. Shu sababli mavjud muammolarga ijobiy yechim topish maqsadida maktablardagi inspektor-psixologlar shtati Ichki ishlar vazirligidan Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilishi belgilandi.
Mavzuga oid
17:43 / 05.12.2024
Hukumat qonundan tashqari 10 trln so‘m xarajat qilgan. Deputatlar 9 daqiqada bu xarajatlarni qonunga kiritib berdi
16:59 / 04.12.2024
Andijondagi mutasaddilarning harakatlariga baho berish uchun ogohlantiruv hujjati kiritildi - Bolalar ombudsmani
18:47 / 03.12.2024
Andijonda maktab o‘quvchilari “qizil toifa”ga ajratildi
20:40 / 28.11.2024