Rekordlar sohibi keniyalik marafonchi avtohalokat qurboni bo‘ldi
24 yoshli sportchi baxtsiz hodisa oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Keniyalik marafonchi va jahon rekordchisi Kelvin Kiptum avtohalokatda vafot etdi. Sportchi boshqarayotgan avtomobil 11 fevral kuni Keniyaning Eldoret shahri yaqinida halokatga uchragan. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Kiptum boshqaruvni yo‘qotib, yo‘ldan chiqib ketgan va daraxtga borib urilgan.
Kiptum bilan birga uning murabbiyi Jyerve Hakizimana ham vafot etgan. Mashinada bo‘lgan yana bir ayol tirik qolib, og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
24 yoshda bo‘lgan Kiptum marafonda bir nechta jahon rekordlarini o‘rnatgan. Xususan, 2023 yil oktyabr oyida u Chikago marafonini 2 soat 35 soniyada bosib o‘tgan.
Kiptum yaqin kelajakda o‘z natijasini yaxshilash va bu masofani ikki soatdan kamroq vaqt ichida bosib o‘tgan birinchi marafonchi bo‘lishni rejalashtirgan edi.
Mavzuga oid
19:01 / 06.09.2024
Keniyada boshlang‘ich maktab yotoqxonasida yuz bergan yong‘inda 17 nafar bola halok bo‘ldi
20:43 / 05.09.2024
Keniyada Parij olimpiadasida ishtirok etgan marafonchi sevgan yigiti tomonidan yoqib yuborildi
23:14 / 03.09.2024
Keniyada robot ofitsiantlar: texnologiya Sharqiy Afrika restoran biznesini o‘zgartirmoqda
23:49 / 10.08.2024