Jahon | 20:44 / 13.02.2024
10927
2 daqiqa o‘qiladi

Niderlandiya sobiq bosh vaziri va rafiqasi evtanaziya tufayli bir kunda hayotdan ko‘z yumdi

93 yoshli er-xotin og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan edi. 

Foto: Radboud University

Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Dris van Agt va uning rafiqasi Eugeniya 5 fevral kuni 93 yoshda birgalikda hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, er-xotin og‘ir va bedavo kasallik tufayli evtanaziya (o‘z ixtiyoriga ko‘ra dunyoni tark etish) jarayonidan o‘tgan. Ular 70 yil birga hayot kechirgandan keyin, «bir-birisiz yashay olmasligini» tushunib, shu jarayondan o‘tish haqida qaror qabul qilishgan. 

Dris van Agt 2019 yildan beri miyasiga qon quyilishi oqibatlaridan aziyat chekib kelayotgan edi. U 1977 yildan 1982 yilgacha Niderlandiya bosh vaziri bo‘lib ishlagan. 1980-yillarda esa Yevropa Ittifoqining AQSh va Yaponiyadagi maxsus vakili bo‘lgan. 

Niderlandiyada 2002 yildan beri evtanaziya va o‘z joniga qasd qilishga yordam berish qonuniylashtirilgan. Biroq, juftliklar evtanaziyasi brinchi marta faqat 2020 yilda kuzatilgan, ular 26 kishiga ta’sir qilgan. Ta’kidlanishicha, bunday jarayonlar soni yil sayin ortib bormoqda: 2021 yilda 32 ta, 2022 yilda 58 tasi qayd etilgan.

Mavzuga oid