Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oqqo‘rg‘onda tadbirkorning qariyb 700 ming dollar pulini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi
Ular ikki tadbirkorga 2 700 tonna chigit mahsulotlari yetkazib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan jami 559 ming dollar hamda 1,5 mlrd so‘mni qo‘lga kiritgan. Bu pullar hisobidan 3 ta yengil va bitta yuk mashinasi sotib olishgan.
Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida tadbirkorning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “A.O.” MChJ ta’sischisi Z.K. va boshqalar 2021-2023 yillar davomida “M.G.” xususiy korxonasi va “B.O.” MChJga 2 700 tonna chigit mahsulotlari yetkazib berishi evaziga ularning 559 ming AQSh dollarini naqd holda hamda 1,5 mlrd so‘mini pul ko‘chirish yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Shuningdek, MChJ ta’sischisi Z.K. va ishchisi E.X. firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mablag‘lari hisobidan Trailblazer, BYD Yuan Plus va Cobalt mashinalarini hamda Sitrak rusumli yuk mashinasini xarid qilganliklari ma’lum bo‘lgan.
Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:13 / 23.01.2025
Oqqo‘rg‘onda er xotinini o‘lasi qilib urdi
08:58 / 12.12.2024
Kun.uz surishtiruvidan so‘ng: “Halal Auto Leasing” firibgarlik sxemasiga nisbatan tergov boshlandi
22:25 / 20.10.2024
Firibgarlar Telegram orqali fotosurat ko‘rinishida virus yubormoqda
15:12 / 20.10.2024