O‘zbekiston ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shildi
Mazkur konvensiya 99 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan. Ular orasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi qo‘shni davlatlar ham bor.
Senat yalpi majlisida «Xalqaro mehnat tashkilotining Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi 95-sonli konvensiyasini (Jyeneva, 1949 yil 1 iyul) ratifikatsiya qilish haqida»gi qonun ko‘rib chiqildi.
Konvensiya ish beruvchilar tomonidan pul shaklida ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga qaratilgan. Qoidalar ish haqi to‘lanadigan yoki to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.
Muhokama davomida konvensiyada ish haqini qarz majburiyatlari, tilxat, kupon yoki boshqa shaklda, shuningdek, tarkibida alkogol miqdori yuqori bo‘lgan spirtli ichimliklar, organizm uchun zararli giyohvand moddalar ko‘rinishida to‘lash taqiqlangani ta’kidlandi.
Ushbu konvensiya jahonning 99 ta davlati tomonidan ratifikatsiya qilingan. Muhokama yakunlari bo‘yicha qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Mavzuga oid
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
08:46 / 30.04.2024
Kiyev inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chetga chiqqanini rad etdi
08:13 / 29.04.2024
Kiyev urush davrida Inson huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadan chiqadi
14:25 / 06.04.2024