Xo‘jaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamshidbek Bozorboyev Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimi etib tayinlandi. Tumanga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelgan O‘tkirbek Shukurov sog‘ligi tufayli vazifasidan ozod qilingandi.
Bozorboyev Jamshid Rafiqjon o‘g‘li Andijon viloyati hokimi qaroriga asosan Xo‘jaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jamshidbek Bozorboyev 1990 yili Izboskan tumanida tug‘ilgan. 2015 yilda Andijon qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida tuman hokimligi, Andijon viloyati “Suvoqava” DUK, “Toza hudud” DUK, Ekologiya va atrof muhitni muxofaza qilish, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmalarida bosh mutaxassis, bo‘lim boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari va rahbar lavozimlarida ishlagan.
U lavozimga tayinlanguniga qadar Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Xo‘jaobod tumaniga 2022 yil 18 fevral kunidan buyon hokimlik qilib kelgan O‘tkirbek Shukurov oldinroq sog‘ligi tufayli lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
11:58 / 27.09.2024
Andijonda sel oqizgan ko‘prik 21 oktyabrga qadar qurib bitiriladi - Bekzod Hidoyatov
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
10:35 / 05.04.2024
Andijon viloyatidagi YTHda ikki haydovchi halok bo‘ldi
08:59 / 07.02.2024