Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi joriy etiladi
2025 yil 1 martdan boshlab pensiya tayinlashda fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.
Yoshga doir pensiyalarni fuqarolarning murojaatisiz tayinlash tartibi joriy qilinadi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, pensiya ta’minoti tizimiga axborot texnologiyalarini faol joriy qilish orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bosqichma-bosqich interaktiv va proaktiv shaklga o‘tkazilmoqda.
Ushbu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishda qulayliklarni yaratish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarga pensiya tayinlashni so‘rab qo‘shimcha ravishda davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn murojaat qilish huquqi berilgan.
Shuningdek, 2025 yil 1 martdan boshlab pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga pensiyalar “avtomatik” tarzda, ya’ni hech qanday hujjat talab etmagan holda hamda fuqaroning murojaatisiz tayinlanadi. Bunda fuqaroning shaxsiga oid barcha ma’lumotlar (yoshi, jinsi, ish staji, ish haqi, to‘langan ijtimoiy soliq summasi va oila tarkibi kabilar) vazirlik va idoralarning elektron bazalaridan olinadi.
Oldinroq O‘zbekistonda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligi belgilangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:58 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
00:23 / 17.02.2025
Mart va avgustdan oyliklar va pensiyalar oshishi haqidagi mish-mish rad etildi
23:17 / 13.02.2025
O‘zbekistonda pensiyani arizasiz - avtomatik tarzda tayinlash tizimiga o‘tiladi
08:30 / 01.11.2024