Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida pul evaziga ishga va o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Qashqadaryoda fuqaroni ishga, Navoiy viloyatida esa o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Departamentning Qarshi shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro D.N. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Sho‘rtangaz kimyo majmuasi” MChJning qurilish va ta’mirlash boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Navoiy shahar bo‘limi va IIB xodimlari hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda “Ch.C.” MChJ rahbari U.K. fuqaro N.A.ni Qarshi shahar Axborot texnologiyalari va menejment universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 12 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025