Abbosbek Fayzullayev – Osiyo kubogi-2023ning eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga da’vogar
Osiyo kubogi-2023 turniridan keyin OFK rasmiy sayti musobaqaning eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lish uchun da’vogarlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev ushbu nominatsiyada nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. 20 yoshli yarimhimoyachi Qatardagi turnir guruh bosqichida Hindiston (3:0) va nimchorakfinalda Tailand (2:1) darvozasiga gol urgan va O‘zbekistonning chorakfinalga qadar yetib kelishiga hissa qo‘shgandi.
Abbosbekdan tashqari, sovrin uchun Ali Jassim (Iroq), Li Kan In (J.Koreya, «PSJ»), Ali Olvan (Iordaniya), Takefusa Kubo (Yaponiya), Jordan Bos (Avstraliya), Abdulla Radif (S.Arabistoni), Marselino Ferdinan (Indoneziya), Sulton Odil (BAA) va Orif Ayman (Malayziya) da’vogarlar qatoriga kiritilgan.
Abbosbek Fayzullayevga ovoz berish uchun OFK rasmiy saytiga kirib, quyidagi manzilda ovoz berishingiz mumkin.
Mavzuga oid
17:46 / 29.10.2024
Abbosbek Fayzullayev - Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi!
16:08 / 18.10.2024
Abbosbek Fayzullayev – «Osiyoning 2024 yildagi eng yaxshi yosh o‘yinchisi» sovriniga da’vogar
21:43 / 05.06.2024
Fayzullayev Shomurodovni ortda qoldirib, O‘zbekistonning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi
18:58 / 13.05.2024