O‘zbekiston | 15:54 / 19.02.2024
8175
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim haydovchilar shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi kerakligi belgilandi
“Yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Foto: Kun.uz
Qonunga ko‘ra, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan haydovchilar quyidagi huquqlarga ega:
- ish beruvchidan harakatlanish yo‘nalishi, tashiladigan yuk haqida, o‘z hayoti va sog‘lig‘i uchun mavjud bo‘lgan tahdid to‘g‘risida, zararli va (yoki) xavfli omillar ta’siridan o‘zining himoya qilinishiga doir chora-tadbirlar haqida ishonchli axborot olish;
- shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanish;
- yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha shart-sharoitlarni yaxshilash bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;
- o‘z hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soladigan vaziyatda, tashishni rad etish;
- yo‘l harakati xavfsizligi sohasida malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorgarlikdan o‘tish;
- mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida o‘z sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi;
- ish beruvchining yo‘l harakati sohasidagi g‘ayrihuquqiy qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
Mavzuga oid

09:50
Samarqandda erkak mashinasini stadionda odamlar ustiga haydadi

15:35 / 09.04.2025
“Bir o‘rindiqda ikki kishi”: Surxondaryoda Matiz’ni ikki kishi bo‘lib boshqarganlarga chora ko‘rildi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

14:02 / 29.03.2025