Iqtisodiyot | 10:46 / 19.02.2024
13521
1 daqiqa o‘qiladi

Dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi – «O‘zbekneftgaz»

Bugun, 19 fevraldan «O‘zbekneftgaz»ga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isining bir tonnasi 11 mln 608 ming 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirib boriladi.

Foto: Informburo.kz

Dizel yonilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlari 15 foizga arzonlashtirildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ axborot xizmati xabar berdi.

«Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilg‘isi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isining narxlari EKO dizel yonilg‘isi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi.

Bugun, 19 fevraldan jamiyatga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isining bir tonnasi 11 mln 608 ming 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi», deyiladi «O‘zbekneftgaz» xabarida.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida «O‘zbekneftgaz» AJga birja savdolariga qo‘yilayotgan dizel yonilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgandi.

Mavzuga oid