O‘zbekiston | 13:29 / 19.02.2024
4735
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 

O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi soni to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Foto: Kun.uz

2024 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 1 kvadrat kilometr yer maydoniga o‘rtacha 82 nafar doimiy aholi soni to‘g‘ri keladi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘rtacha 1,8 kishiga ortgan (2023 yil 1 yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga 80,2 kishi).

2024 yilning 1 yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 36,8 mln kishini tashkil etmoqda. 

Shahar joylarda – 18 768,5 ming kishi, qishloq joylarda – 18 031,3 ming kishi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid