O‘zbekiston | 14:02 / 20.02.2024
29603
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliqdagi sexda tom qulashi oqibatida 4 hindistonlik halok bo‘ldi

Enter Engineering'ning metall tayyorlash sexida vaqtinchalik qurilmaning tomi qor va shamolga bardosh berolmay qulab tushgan. Oqibatda 32 nafar ishchi (barchasi Hindiston fuqarolari) jabrlangan, ulardan 4 nafari vafot etgan.

Foto: Videodan kadr

Bugun, 20 fevral kuni soat taxminan 08:00 larda Enter Engineering kompaniyasining Olmaliqdagi metall tayyorlash sexida (AZMK-3) vaqtinchalik qurilmaning tom qismi qulab tushdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, bunga ko‘p qor yog‘ishi va qattiq shamol sabab bo‘lgan.

Natijada 3 nafar hindistonlik ishchi voqea joyida vafot etgan, 29 nafar hindistonlik turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Ayni paytgacha ulardan 4 nafariga shifoxonadan javob berilgan.

  • Kun.uz manbasiga ko‘ra, qurbonlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda.

Holat yuzasidan dastlabki tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

FVVga ko‘ra, ob-havoning keskinlashuvi va qalin qor yog‘ishi oqibatida bugun Olmaliq shahridagi “Qo‘qon bozori”da ham savdo navesi qulashi yuz bergan. Jabrlanganlar yo‘q.

Mavzuga oid