O‘zbekiston | 10:00 / 21.02.2024
1774
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

2023 yilda “O‘zbekinvest” O‘zbekiston noxomashyo eksportining 36 foizini sug‘urta qoplamasi bilan ta’minladi

2023 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi milliy mahsulot, ish va xizmatlar eksportchilari uchun sug‘urta qoplamasini oshirdi va shu bilan ishonchli sug‘urtachi va hamkor sifatidagi obro‘sini tasdiqladi.

O‘zbekiston Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarida belgilangan kompaniya zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish yuzasidan 2023 yilda milliy eksportchilar 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi bilan ta’minlandi, bu O‘zbekistonning noxomashyo eksporti qoplamasining 36 foizini tashkil etdi.

2022 yil natijalariga nisbatan o‘sish 119 foizni tashkil etdi. Shu bilan birga, 2016 yildan boshlab milliy eksportchilarga taqdim etilgan sug‘urta himoyasi hajmi 22,8 barobar oshdi.

2023 yil davomida eksportchilarni kompleks sug‘urtalash polislari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganligi munosabati bilan milliy eksportchilarga 7,3 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.

Jami kompaniya tomonidan NEXI (Yaponiya), Sinosure (Xitoy), KSure (Janubiy Koreya), UK Export Finance (Buyuk Britaniya), Coface (Fransiya), SACE (Italiya), ICIEC, Export Credit Etihad Credit Insurance (BAA) kabi jahonning yetakchi davlat eksport-kredit agentliklari bilan 40 dan ortiq shartnoma va o‘zaro hamkorlik memorandumlari tuzilgan.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi 2024 yilda O‘zbekistonning eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash hamda tovar, ish va xizmatlar milliy eksportchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ishlarini tizimli davom ettiradi.

Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160

Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid