Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim chakana savdo shoxobchalaridan sotib olingan tovarlar uchun tax free qo‘llanadi
«Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, turizm markazlari hududida joylashgan savdo-ko‘ngilochar majmualarida QQS bilan sotilgan ayrim turdagi tovarlarga nisbatan tax free tizimi qo‘llanadigan chakana savdo shoxobchalari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O‘zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasini tax free tizimi asosida qaytarish tajriba tariqasida joriy etilgan.
Shuningdek, turizm markazlari uchun quyidagi vaqtinchalik imtiyozlarni taqdim etishni nazarda tutuvchi normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish belgilandi:
- AOS stavkasi — 1 foiz;
- ushbu hududlardagi obektlar va ular egallagan yer uchastkasi bo‘yicha yuridik shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini — mazkur soliqlar bo‘yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdorida belgilash.
Yuqoridagi imtiyozlarni tatbiq etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan taqdirda, ular bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar Soliq kodeksiga kiritilgandan keyin qo‘llanadi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
15:16 / 10.05.2025
Irkutskda o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun savdo uylari tashkil etiladi
08:12 / 29.04.2025