Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh agrar sohada mutaxassislar tayyorlashga kelishib oldi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi AQShda bo‘lib, okeanorti mamlakatining meva-sabzavot eksporti bo‘yicha tajribasini o‘rgandi.
AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligi Texas departamentidagi uchrashuv doirasida Texas shtati va O‘zbekistonning fitosanitariya xizmati o‘rtasida paxtachilik va urug‘chilik yo‘nalishida hamkorlik masalalari muhokama etildi. Shtatning g‘o‘za zararkunandalariga qarshi tajribasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
O‘zbekiston hududida g‘o‘za parvarishidagi muammolardan biri tuproqning sho‘rlanishi ekanligi aytib o‘tildi. Ekin maydonlarining degradatsiyasining oldini olish maqsadida hamkorlik qilishga kelishib olindi. Shuningdek, oliy ta’lim yo‘nalishida hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, agrar sohada mutaxassislarni tayyorlash, ilmiy almashinuvni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentlik xodimlari Texas shtati o‘simliklar karantini xizmatida ham bo‘lib, paxta yetishtirish amaliyoti bilan tanishdi. Ma’lumki, AQShda yetishtiriladigan paxta mahsulotining katta hajmi aynan shu shtat hissasiga to‘g‘ri keladi. Texas g‘o‘za hasharotlariga qarshi kurash tizimi bo‘yicha katta tajribaga ega.
Shuningdek, uchrashuv davomida urug‘larni tekshirish, umuman chegara maskanlarida karantin nazoratini olib borish tartibi haqida ma’lumot berildi. Fitosanitar sertifikat rasmiylashtiruvi tartibiga ham e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025