Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litva Belarus bilan chegaradagi yana ikkita nazorat-o‘tkazish punktini yopadi
Litva va Belarus chegarasida faqat ikkita nazorat-o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini davom ettiradi, ulardan faqat avtobus va avtomobillar o‘tishi mumkin.
Litva xavfsizlik nuqtayi nazaridan qo‘shni Belarus bilan yana ikkita chegara punktini yopadi, bu haqda Vilnyus hukumati 21 fevral, chorshanba kuni qaror qabul qildi. «Lavorishkes» va «Raigardas» nazorat-o‘tkazish punktlari 1 martdan boshlab noma’lum muddatga, keyingi ogohlantirishgacha yopiladi.
Shu tariqa, Litva va Belarus o‘rtasida deyarli 680 kilometrlik chegaradagi oltita nazorat-o‘tkazish punktidan faqat ikkitasi ochiq qoladi.
Sumskas va Tveretsius nazorat punktlari 2023 yilning yozida, jumladan, «Vagner» XHK yollanma askarlarining mamlakatga joylashtirilishi munosabati bilan yopildi. Medininkay va Shalcininkay nazorat punktlari hanuzgacha ishlamoqda, ammo piyodalar va velosipedchilar ularda chegarani kesib o‘ta olmaydi, deya qayd etadi dpa agentligi.
Litva ichki ishlar vaziri Agne Bilotaitening so‘zlariga ko‘ra, nazorat-o‘tkazish punktining yopilishi «chegara orqali tovarlar, transport va odamlar oqimi ustidan yaxshi nazoratni ta’minlash», shuningdek, «ruxsat etilgan tovarlar va kontrabandani olib kirish hamda olib chiqishga urinishlarni to‘xtatish uchun mo‘ljallangan».
Belarus bu mamlakatda inson huquqlarining buzilishi va Minskdagi rejimning Rossiyaning Ukrainaga qarshi qurolli hujumini qo‘llab-quvvatlagani uchun Yevropa Ittifoqining ko‘plab sanksiyalariga duchor bo‘lgan.
Mavzuga oid
12:14 / 24.05.2025
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
19:13 / 23.05.2025
Litva 1 iyundan Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportini tan olmaydi
19:20 / 19.05.2025
Litva Belarus ustidan BMT Xalqaro sudiga da’vo kiritdi
20:28 / 07.05.2025