Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda 24 ta xonadon uchun 37 kishidan pul undirgan MChJ rahbari aniqlandi
Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida 24 ta xonadon uchun 37 nafar fuqarodan pul undirgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «I.C.» MChJ tomonidan «Bo‘ston» MFY hududida 4 qavatli 24 ta xonadondan iborat turar joy majmuasi qurilgan bo‘lsa-da, MChJ rahbari J.K. yana qo‘shimcha ravishda 13 ta xonadon uchun fuqarolarning jami 303,9 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi
20:43 / 30.04.2025