Jamiyat | 12:39 / 23.02.2024
11213
2 daqiqa o‘qiladi

Sanepidqo‘mita gripp va O‘RVIdan himoyalanish choralarini eslatdi

Tashkilotlar va ta’lim muassasalarida gripp va O‘RVIdan himoyalanish maqsadida xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish, har kuni xonalarni tozalash, xonalarning issiqlik harorati 22 gradus darajadan past bo‘lmasligi tavsiya etiladi. 

Foto: Getty Images

Sanepidqo‘mita tashkilotlar va ta’lim muassasalarida gripp va O‘RVIdan himoyalanish uchun qanday choralar ko‘rish kerakligini eslatdi

– grippga qarshi emlanish;

– mavsumga xos kiyinish;

– o‘z vaqtida ovqatlanish;

– xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish va kunda namli tozalov ishlarini o‘tkazish;

– ishlab chiqarish korxonalari, davolash profilaktika va o‘quv muassasalari, bolalar va qariyalar uylari, tashkilot va idoralarda hamda turar joy binolarida issiqlik rejimiga rioya qilish, barcha xonalarning issiqlik harorati 22 gradus darajadan past bo‘lmasligi;

– gripp va o‘tkir respirator kasalliklariga xos bo‘lgan simptomlar aniqlangan shaxslar bilan masofa saqlash;

– maktabgacha tarbiya muassasalarida har kuni bolalarni kamida 2 marotaba toza havoga sayrga chiqarish;

– uyushgan jamoalarda konsert zallari, kinoteatr, o‘quv va ish joylarida kuniga vaqti bilan 3-4 marotaba shamollatib turish.

Ma’lumot uchun, gripp – yuqumli respirator kasallik, qo‘zg‘atuvchisi – gripp virusi. Qishda va erta bahorda ko‘p kuzatiladi. Unda bir necha kun davom etuvchi yuqori isitma, tananing qaqshab og‘rishi, yaqqol namoyon bo‘luvchi holsizlik kuzatiladi.

O‘RVI esa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar guruhi. Bu guruhga respirator-sinsitial infeksiya, rinovirus, adenovirus va yuqori nafas yo‘llarining boshqa infeksiyalari kiradi. Burun bitishi, tomoqdagi og‘riq va yo‘tal, aksirish O‘RVI belgilari hisoblanadi. Har 2 kasallik ham havo-tomchi yo‘li orqali va bemor bilan kontaktga kirishganda yuqadi. Ikkovining belgilari juda o‘xshash, ammo gripp xavfliroq.

Mavzuga oid