O‘zbekiston | 14:20 / 24.02.2024
2697
1 daqiqa o‘qiladi

Investorlar uchun barcha imtiyozlar ro‘yxati yagona reyestrda shakllantiriladi

Mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarni o‘z ichiga olgan Yagona reyestr yuritiladi.

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2024 yil 1 iyuldan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi saytida  mahalliy va xorijiy investorlarga berilgan preferensiyalar va imtiyozlarning turlari, muddatlari, tartibi va mas’ul organlarni o‘z ichiga olgan Yagona reyestr yuritiladi.

Hujjat qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.02.2024 yildan kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid