Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytlik sarmoyadorlar O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston elchixonasida Boursa National: Emerging markets consulting kompaniyasi raisi Saloh Abdulloh Usmon Yusuf al-Usmon bilan uchrashuv tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Saloh al-Usmon 2021 yilda O‘zbekistonda Boursa National kompaniyasining filialini ochib, Kuvaytning xususiy kompaniyalariga konsalting xizmatini ko‘rsatib kelayotganligini ma’lum qildi. Bundan tashqari, u so‘nggi uch yil davomida O‘zbekiston mutasaddi vazirliklari bilan qator tadbirlar o‘tkazgan.
Kuvayt tomoni, shuningdek, O‘zbekiston-Kuvayt munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida qator tadbirlarni amalga oshirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Kuvaytning Boursa National: Emerging Markets Consulting kompaniyasi va O‘zbekistondagi konsalting kompaniyalari o‘rtasida onlayn muzokaralar o‘tkazish rejalashtirildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
11:00 / 12.05.2025