Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston - Qozog‘iston chegarasida quriladigan sanoat majmuasi 100 gektar maydonni egallaydi
"Joriy yilda Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida sanoat majmuasi qurilishi boshlanadi". Shunday sarlavhali maqola Qozog‘istonning "Kazinform" xalqaro axborot agentligi saytida joylashtirildi.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning Turkiston va O‘zbekistonning Sirdaryo viloyatlarida quriladigan "Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi majmuasi qariyb 100 gektar maydonni egallaydi. Loyihaga ko‘ra, u yerda yopiq majmua bunyod etiladi, ishlab chiqarish va ulgurji savdo uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Ma’lum qilinishicha, 2030 yil majmuaning to‘liq ishga tushirilishi va tijorat maqsadlarida foydalanish davri sifatida belgilangan.
"Markaziy Osiyo" sanoat kooperatsiyasi Turkiston va Sirdaryo viloyatlari yalpi ichki mahsulotini ko‘paytirish bilan birga, chegaradosh viloyatlarni yirik logistika markaziga aylantirishga xizmat qiladi", — deb yozgan "Kazinform" agentligi.
Mavzuga oid
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
17:32 / 25.02.2025