Bryusselda fermerlar namoyishi politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi
Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari yig‘ilishi chog‘ida yuzlab traktorlar Bryussel markazini to‘sib qo‘ydi. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan.
Bryusselda fermerlarning Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligi siyosatiga qarshi namoyishi politsiya bilan to‘qnashuvlarga sabab bo‘ldi. 26 fevral, dushanba kuni YeI qishloq xo‘jaligi vazirlarining Belgiya raisligida qishloq xo‘jaligi dolzarb muammolari muhokama qilingan yig‘ilishi vaqtida 900 ga yaqin traktor Belgiya poytaxtining Yevropa kvartalini to‘sib qo‘yishga urindi.
Politsiya erta tongdan ba’zi ko‘chalarda harakatni to‘xtatgan va Yevropa Ittifoqi muassasalari uchun xavfsizlikni tashkil qilgan, biroq fermerlar ba’zi hollarda traktorlar yordamida politsiya kordonini buzib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, namoyishchilar shinalarga o‘t qo‘ygan, suyuq go‘ng sachratgan, politsiyaga tayoq, shisha, tuxum va pirotexnika vositalarini uloqtirgan. Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv zarbalari bilan javob berdi.
Belga agentligining shu kuni kechqurun politsiyaga tayanib xabar berishicha, to‘qnashuvlar natijasida uch nafar politsiyachi jarohatlangan. Aybdorlarni aniqlash uchun rasmiylar olingan videoyozuvlarni tahlil qiladi.
YeI qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi
Shu kuni Yevropa Ittifoqi qishloq xo‘jaligi vazirlari yig‘ilishida Yevropa komissiyasining Yevropa bo‘ylab fermerlar noroziligiga sabab bo‘lgan yangi takliflari, shuningdek, bu noroziliklar va ularga qanday javob berish kerakligi muhokama qilindi. Belgiya qishloq xo‘jaligi vaziri Devid Klarinval yig‘ilish yakunida aytganidek, barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari vaziyat hozirgidek qolishi mumkin emasligiga rozi, ammo namoyishchilarning usullarini qoralanadi. «Gap fermerlar, futbol bezorilari yoki kovid noroziliklari haqida boradimi, biz har doim zo‘ravonlikni qoralaymiz», dedi Klarinval.
O‘z navbatida, Yevropaning qishloq xo‘jaligi bo‘yicha komissari Yanush Voysexovskiy Yevropa Ittifoqi Yevropa mamlakatlaridagi fermerlarning noroziligiga sabab bo‘layotgan savollarga javob topish niyatida ekanini ochiq-oydin ta’kidladi. «E’tiborimiz fermerlarni o‘ylantirayotgan eng muhim masalalarga yechim topishga qaratilgan», dedi u.
YeIning boshqa davlatlarida namoyishlar
Xuddi shu kuni Madridda ispan fermerlari ommaviy noroziligi ham bo‘lib o‘tdi, u yerda Paseo-de-la-Kastellana markaziy ko‘chasida transport to‘sib qo‘yilgan, bundan tashqari, namoyish Yevropa Ittifoqining Ispaniyadagi vakolatxonasi oldida o‘tkazildi. Bu Ispaniyada noroziliklar davridagi eng yirik namoyish bo‘ldi, deya xabar beradi dpa. Bir kun avval, 25 fevral kuni polshalik fermerlar Germaniyaga olib boruvchi asosiy magistralni 24 soat davomida to‘sib qo‘ydi.
Boshqa narsalar qatorida, fermerlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun adolatli narxlarni va ekologiya qoidalarini yumshatishni talab qilmoqda, bu, ularning fikricha, qishloq xo‘jaligi sektoriga haddan tashqari bosim o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
21:20 / 19.11.2024
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari haqidagi uzoq kutilgan qonun imzolandi. Sohada nima o‘zgaradi?
20:29 / 15.11.2024
G‘ayrat Fozilov Yevropa kengashi prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
16:04 / 01.11.2024
Boyovut hokimi Dilfuza Uralova fermerni haqoratlab, IIBga uni qamab qo‘yishni buyurdi
10:38 / 13.10.2024