Koreya guruchni tozalash sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni O‘zbekistonga jalb qiladi
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Janubiy Koreyaning Woomin kompaniyasi ishlab chiqarish hududiga ishchi safari tashkil etildi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, tashrif davomida mazkur kompaniya rahbari O Jun Xvan hamda mutasaddi boshqaruv vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Shuningdek, avval o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bilan erishilgan kelishuvlarga asosan ushbu kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari va jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonda guruch mahsulotini boshoqlardan tozalash va qadoqlash jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida 2023 yil so‘ngida mamlakatga kelib, o‘rganish ishlari olib borgan. O‘rganishlar natijasida, mamlakatda guruchni qayta ishlash jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Suhbat chog‘ida Woomin kompaniyasi rahbariyati tomonidan O‘zbekistonda mazkur zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash evaziga guruch mahsulotlari sifatini oshirish va eng avvalo uni tozalash jarayonlaridagi yo‘qotishlar hajmini sezilarli darajada kamaytirishga erishish mumkinligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borish bo‘yicha huquqiy asoslarni tayyorlash va yuridik hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish maqsadida joriy fevral oyining ikkinchi yarmida O‘zbekistonga safar rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid

09:33 / 04.04.2025
Janubiy Koreya prezidenti lavozimidan rasman chetlatildi

10:29 / 24.03.2025
Janubiy Koreyada prezident vazifasini bajaruvchiga nisbatan impichment bekor qilindi

10:55 / 19.03.2025
Koreyaning Ulsan shahar meriyasi orqali O‘zbekiston fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi

05:00 / 11.03.2025