O‘zbekistonda 6 ta transchegaraviy muhofaza hududi barpo etilishi mumkin
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Jahon bankining Atrof-muhit, tabiiy resurslar bo‘yicha global direktori Valeri Hiski bilan uchrashdi.
Uchrashuvda barqaror yashil iqlim borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Valeri Hiski Jahon banki ilk marotaba ko‘chib yuruvchi turlarni muhofaza qilishga bag‘ishlangan konvensiyada ishtirok etayotganligini va Samarqandga kelganidan mamnunligini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarning yo‘qolib ketayotgan turlarini qayta tiklash borasida muhim ishlar qilinayotganini ta’kidladi.
Shu bilan birga, uchrashuvda chiqindilarni boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlar alohida qayd etildi. «O‘zbekistonda chiqindilarni boshqarish sohasiga katta e’tibor qaratilyapti. Bu esa maqsadlarimiz mushtarak ekanligini anglatadi, - dedi Valeri Hiski. - Bundan tashqari, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish va ularni saralash, sohadagi tadbirkorlar va ishchilarning ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi bizni O‘zbekiston bilan hamkorlikdan xursand qiladi».
Uchrashuv davomida 6 ta transchegaraviy muhofaza qilinadigan hududlarni barpo etishga qaratilgan loyiha muhokama qilindi. Bu loyiha noyob turdagi hayvonlarni qo‘riqlash, asrash bilan birga ekoturizmni rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shadi. Yakunda chiqindi sohasida yetakchi kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilish, sohaga Jahon banki tomonidan investitsiyalarni olib kirish hamda grantlar ajratilishi borasida o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
19:41 / 29.03.2024
Jamoat transportidagi amaldorlar va piyodalar muammosini boshdan kechirgan vazir. Toshkentda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi
14:39 / 04.02.2024
«Jamoatchilik qo‘llovi bizga kuch beryapti» – vazir ekologiya bo‘yicha takliflar tez qabul qilinayotgani haqida gapirdi
19:50 / 30.01.2024
“Qisqa muddatda qozonxonalarga filtr o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqamiz” – Ekologiya vaziri
18:47 / 30.01.2024