Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichimlik suv ta’minoti sohasida DXSh loyihalari amalga oshiriladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi:
- xususiy sheriklarni tanlash mezonlari;
- davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshiriladigan hududlarni aniqlash shartlari;
- davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish, bu borada tomonlarning manfaatlari, huquq, majburiyatlari va javobgarliklarini belgilash;
- davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xizmat ko‘rsatish tariflarini belgilash va ekspluatatsiyani amalga oshirish.
Belgilanishicha:
a) ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalari xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, jihozlash, modernizatsiya qilish, moliyalashtirish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish shakllarida amalga oshiriladi;
b) bitimning amal qilish muddati davlat va xususiy sherik tomonidan belgilanadi. Bunda u uch yildan kam bo‘lmasligi va 49 yildan oshmasligi kerak;
v) davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda xususiy sherikka ajratilgan yer uchastkalari, sotib olingan uskunalar, shuningdek, ular tomonidan qurilgan obektlar bitimning amal qilish muddati tugagandan so‘ng davlat sherigiga topshiriladi.
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi 2024 yil 1 iyunga qadar kelgusida har yili 1 fevralga qadar:
- ichimlik suvi ta’minoti tashkilotlari faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini belgilash va baholash orqali samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilotlarni davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish takliflarini;
- ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish xizmatlari joriy etilmagan hududlarda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xizmat ko‘rsatish takliflarini ommaviy axborot vositalarida va o‘zining rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Mavzuga oid
20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi
12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi
21:21 / 05.04.2025
Qozog‘iston O‘zbekistondan sug‘orish uchun 12,6 milliard kub metr suv oldi
10:06 / 04.04.2025