Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qatar joriy yilda tashriflarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi
O‘zbekistonning yangi elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar tashqi ishlar vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiyga ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.
Foto: «Dunyo» AA
«Dunyo» xabariga ko‘ra, davlat vaziri elchini mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, shuningdek, Markaziy Osiyo — Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi formatidagi o‘zaro hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Turli darajadagi o‘zaro aloqalarni faollashtirish, jumladan, joriy yilda tashrif va tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekistonning yangi elchisi shu yil 11 fevral kuni Dohaga tashrif buyurdi. Tayinlovga qadar u TIVning Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ashraf Xo‘jayev O‘zbekistonning Qatardagi qarorgohi Dohada bo‘lgan birinchi elchisidir.
Mavzuga oid
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
11:45 / 15.05.2025
Tramp Qatarda nima qildi: milliardlik bitimlar, hashamat va AQSh prezidenti oilasining shaxsiy manfaatlari
11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi
10:14 / 02.05.2025