O‘zbekiston | 08:32 / 29.02.2024
4111
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va 7 viloyatga havo sifati monitoringi bo‘yicha stansiyalar olib kelindi

Toshkent shahri va yettita viloyatga 8 avtomatik stansiya olib kelingani ma’lum qilindi. 

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, “Zamin” fondi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligining “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi davom etmoqda. 

Loyiha doirasida Andijon, Namangan, Navoiy, Farg‘ona, Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga navbatdagi 8 ta avtomatik stansiya olib kelindi.

Uskunalar sozlanib, test sinovlari yakunlangach, yagona ma’lumotlar bazasiga ulanadi. Gidrometeorologiya xizmati agentligining hududlardagi xodimlari o‘qitiladi. Stansiyalardan olingan ma’lumotlar monitoring.meteo.uz milliy platformasiga uzatib boriladi.

Mavzuga oid