G20 vazirlar uchrashuvi yakuniy bayonotsiz yakunlandi
San-Pauluda G20 mamlakatlari moliya vazirliklari va markaziy banklari rahbarlariga Ukraina va G‘azo sektoridagi urushlar bo‘yicha kelishmovchiliklar yakuniy kommyunike qabul etilishiga to‘sqinlik qildi.
20 ta yetakchi sanoat va rivojlanayotgan mamlakat moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari San-Pauludagi yig‘ilishda qo‘shma yakuniy bayonot bo‘yicha kelisha olmadi. Buning o‘rniga G20’ga raislik qilayotgan Braziliya 29 fevral, payshanba kuni o‘z xulosasini e’lon qildi.
«Vazirlar jahon iqtisodiyoti istiqbollarini muhokama qilar ekan, Ukraina va G‘azoga e’tibor qaratib, hozirgi urushlar, mojarolar va gumanitar inqirozlar bo‘yicha fikr almashdi. Braziliya raisligi moliyaviy trek - geosiyosiy muammolarni hal qilish uchun mos forum emasligini ta’kidladi hamda bu masalalarni tegishli forum va yig‘ilishlarda muhokama qilishda davom etishni taklif etdi», — deyiladi rezyumening asosiy matniga izohda. Braziliya moliya vaziri Fernando Addadning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy hujjat matni bo‘yicha uning geosiyosiy tarkibiy qismi kelishmovchiliklar tufayli kelishilmadi.
Germaniya geosiyosiy mojarolarni tilga oldi
Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner avvalroq 28-29 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunikeda geosiyosiy mojarolar, xususan, Ukrainadagi urush, HAMAS va G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat tilga olinmasa, uni qo‘llab-quvvatlamasligini ta’kidlagan edi.
«Biz bu masalalardan qochishga qarshimiz. Garchi markaziy banklar va moliya vazirlari bo‘lsak ham, mamlakatlarimiz qadriyatlarini ifodalaymiz va qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni himoya qilishimiz kerak», dedi Lindner jurnalistlarga.
Braziliya G20 yig‘ilishiga mezbon sifatida faqat iqtisodiy siyosat masalalariga e’tibor qaratgan holda geosiyosiy inqirozlar haqidagi parchalarni chiqarib tashlamoqchi edi, deya ta’kidlaydi dpa agentligi.
Mavzuga oid
10:43 / 06.12.2023
Moskva G20 sammitida ishtirok etish formati borasida bir qarorga kela olmayapti
12:50 / 20.11.2023
Rossiya TV: Putin G20 virtual sammitida ishtirok etadi
00:52 / 31.10.2023
G20 virtual sammiti noyabr oyida bo‘lib o‘tadi
20:41 / 13.09.2023